Tojikistonda ayanchli hodisa: bozorda gaz balloni portlab ketdi
Tojikiston janubida gaz ballonining portlashi oqibatida 30 ga yaqin odam jabrlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lum qildi.
«Xatlon viloyatining Panj tumanidagi bozorda gaz ballonining portlashi sodir bo‘ldi, natijada 28 kishi jabrlandi», — deya izoh bergan respublika vazirligi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlarning barchasi shifoxonaga yetkazilgan, ulardan sakkiz nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, reanimatsiyada.
Dushanbelik shifokorlar ham jabrlanganlarga yordam berish uchun Panjga borishi ma’lum qilingan.
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi portlash sababi ballonni suyultirilgan gaz bilan to‘ldirishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter