Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston bosh vaziri boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keladi

Tojikiston bosh vaziri boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keladi
Toshkentda 14-15-may kunlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
 
Shu munosabat bilan, Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiya 14 may kuni mamlakatimizga tashrif buyuradi.
 
Tashrif dasturidan Toshkentdagi bir qator sanoat ob’yektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish o‘rin olgan.
 
Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring