TIV amaldori Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya va madaniy hamkorlik departamenti direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Mamajonov Nuriddin Yoqubjonovich Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Nuriddin Mamajonov 1982-yil 27-iyulda Quvasoy shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini hamda Markaziy Bogema universitetini (Praga) tamomlagan. Yevropa amaliy fanlar va menejment institutida (Praga) Biznes boshqaruv doktori (DBA) ilmiy darajasini olgan.
Mehnat faoliyati davomida Tashqi ishlar vazirligida, Adliya vazirligida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasida, Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasida faoliyat olib borgan. 2022-2023-yillarda O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter