Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Titanik»: afsona haqida afsona

«Titanik»: afsona haqida afsona

Jeyms Kemeronning «Titanik» filmi katta ekranlarga chiqqaniga bugun roppa-rosa 21 yil to‘ldi (1997-yilning 19-dekabri).

Filmda Atlantika okeani bo‘ylab 1912-yilda birinchi va oxirgi reysni amalga oshirgan «Titanik» kemasining halokati (14-apreldan 15-aprelga o‘tar kechasi), shu kemada o‘z muhabbatini topgan turli ijtimoiy qatlamlarga mansub ikki yoshning fojiali qismati haqida hikoya qilinadi.

«Titanik» kemasini qurishga 7 million dollar, u haqda kinofilm olishga 200 million dollar sarflangan. «Titanik» kinematografiyada ko‘p daromad olishda (2 milliard dollardan ziyod) ko‘p yillar yetakchi bo‘lgan, oradan 12 yil o‘tib bu rekord xuddi shu rejissyor — Kemeronning «Avatar» filmi tomonidan yangilangan.  

«Titanik» kinoasari «Oskar» mukofotiga 14 ta yo‘nalishda taqdim etilgan va shundan 11 tasini, jumladan, «Eng yaxshi film» nominatsiyasini qo‘lga kiritgan. Film «Oskar»lar olishda «Ben-Gur» (1959-yil) va «Uzuklar hukmdori» (2003-yil) qatorida rekordchi hisoblanadi, melodrama janridagi eng yaxshi film sifatida ham «Titanik»ni e’tirof etishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring