Tibbiyot kolleji direktori javobgarlikka tortildi
O‘zbekiston Respublikasining «Aholini sanitariya epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida»gi 2015-yil 26-avgustdagi №393-sonli Qonuni, SanQvaM № 0145-03 Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitishning tuzilishi bo‘yicha sanitariya qoidalari, SSVning 2012-yil 10-iyuldagi № 200-sonli buyrug‘i hamda Guliston shahar Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining 2021-yil 28-oktyabrdagi № 233/XS buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston shahar Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi xodimi 2021-yil 28-oktyabr kuni Guliston tibbiyot kollejiga xizmat safariga yuborilib, tibbiyot kollejida sanitariya nazorati olib bordi.
Bu haqda Sirdaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi xabar berdi.
Sanitariya nazorati vaqtida kollejning talabalari orasida SanQvaM №0320-73 hamda O‘zbekiston Respublikasi Maxsus komissiyasining qarorlariga zid ravishda tibbiy niqob taqmasdan, 2 metr oraliq masofaga saqlamagan holda, karantin qoidalarini buzganligi uchun MJtKning 54-moddasiga asoslanib, kollej talabalari hamda o‘qituvchilari orasida karantin qoidalariga rioya qilinmaganligi uchun kollejning direktori F.N.ga nisbatan sanitariya va epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganligi xaqida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy jarima jazosi qo‘llanildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter