Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«The Guardian» o‘zbek palovini dunyodagi eng yaxshi 10 ovqat safiga qo‘shdi

«The Guardian» o‘zbek palovini dunyodagi eng yaxshi 10 ovqat safiga qo‘shdi

Foto: «Imperiya.by»

«The Guardian» nashri o‘zbek palovini dunyodagi eng yaxshi 10ta ko‘cha ovqati safiga qo‘shdi.

«O‘zbekistonda palov o‘choqda tayyorlanadi. Asosiy masalliqlari: guruch, go‘sht va sabzavotlar. Toshkent markazidagi bozorda bizga bu totli taomni tovoqda tortiq qilishdi. Bu o‘zbeklarning mehmondo‘stligini, bag‘rikeng xalq ekanini anglatadi», – deyiladi «The Guardian» gazetasida chop etilgan maqolada.

Eng yaxshi ko‘cha ovqatlari orasidan Tayvan, Fransiya, Sloveniya, Ruminiya, Bangkok, Kambodja, Katmandu, Meksika va Chili ko‘chalarida tayyorlanadigan taomlar ham joy olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring