1 kishilik palovning eng qimmat narxi qayerda uchrashi aytildi
Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning 2024 yil may oyi uchun o‘rtacha narxlari o‘rganib chiqildi.
Unga ko‘ra, 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi eng baland – Toshkent shahri (30 200 so‘m) hamda Buxoro (28 600 so‘m), Qashqadaryo (27 900 so‘m) va Xorazm (27 600 so‘m) viloyatlarida kuzatilgan.
O‘rtacha narxning eng quyi ko‘rsatkichlari esa – Namangan (19 900 so‘m, Farg‘ona (23 300 so‘m) va Sirdaryo (23 500 so‘m) viloyatlarida qayd etilgan.
Agentlikka ko‘ra, yuqorida narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilgan bo‘lib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turishi mumkin. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter