Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tez yordam»ga 47 ming marta qo‘ng‘iroq qilgan ukrain «jinnixona»ga tushdi

«Tez yordam»ga 47 ming marta qo‘ng‘iroq qilgan ukrain «jinnixona»ga tushdi

Foto: «Globallookpress.com»

Ukraina fuqarosi qariyb 47 ming marta «Tez yordam»ga qo‘ng‘iroq qilgani sababli majburiy davolash uchun psixiatriya shifoxonasiga yuborildi. Bu haqda Donetsk viloyati prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib «Lenta» nashri xabar berdi.

Kiyev nazorat ostidagi Donetsk viloyatida Kramatorsk shahrida istiqomat qiluvchi kishi 4,5 oy mobaynida — 2018 yil 1 oktyabrdan 2019 yil 12 fevralgacha «Tez yordam»ga 46 968 marta qo‘ng‘iroq qilgan. Har kuni u yuztadan mingtagacha 103 raqamini terib, tizimda mehnat qilayotgan feldsherlarni haqorat qilgan.

Natijada jinoyatchi qo‘lga olinib, unga nisbatan Ukraina JK 296.1-moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi — «jamiyatga nisbatan hurmatsizlik qilgan holda jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzish».

Ayblanuvchi sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tganda uning kasal ekanligi tasdiqlandi. Sud majburiy shifoxonaga yotqizish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring