Texnikumlarda ham kredit-modul tizimi joriy etiladi – loyiha
2023-yil dekabrga qadar Texnikumlarda kredit-modul tizimini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqiladi.
Bu haqda «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlashga doir hujjat loyihasida ma’lum qilingan.
Hujjatga ko‘ra, ta’limning kredit-modul tizimi joriy etiladigan ta’lim tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlanadi.
Shuningdek, o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishda ta’lim dasturi, fanlar katalogi, akademik mobillik, ta’lim to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, kreditlarni tan olish va ko‘chirib o‘tkazishga taalluqli hujjatlar ham ko‘rib chiqiladi.
Texnikumlarning o‘quv yuklamasi va o‘quvchi tomonidan bir o‘quv yilida to‘planadigan kreditlar hajmi hamda o‘quvchilarning o‘zlashtirishini baholash tartibi belgilanadi.
Bundan tashqari, kredit-modul tizimida o‘qiydigan o‘quvchilarni o‘qishdan chetlashtirish, qayta tiklash, kursdan kursga o‘tkazish tartibi ishlab chiqiladi.
Manba: regulation.gov.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter