Termizning sobiq hokimi va uning 17 nafar sherigi ustidan sud ishi boshlandi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida I. Xudoyberdiyev (1981-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, Termiz shahar hokimi lavozimida ishlagan) va boshqalar (jami 18 nafar sudlanuvchi)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda.
Oliy sud axborot xizmatiga ko‘ra, sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 25,167, 167, 168, 184, 28,205, 205, 206, 28,209, 209, 210 va 229-4-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning oktyabrida huquq-tartibot organlari Termiz shahrining sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev, uning ikki nafar o‘rinbosari va yana 4 nafar mansabdorni 14,8 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda gumonlab hibsga olgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter