«Terminator» Arnold Shvarsenegger yuragini yettinchi marta operatsiya qildirdi
Gollivud aktyori, Kaliforniya shtati sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger yuragini operatsiya qildirdi. Bu haqda uning o‘zi «Twitter»da ma’lum qildi.
Aytishicha, Klivlend shifoxonasida uning yuragiga yangi aorta klapani o‘rnatishgan. «Terminator» o‘ziga xizmat ko‘rsatgan barcha jarroh va hamshiralarga minnatdorligini bildirdi.
73 yoshli Shvarsenegger yuragini yettinchi marta operatsiya qildirishi. Bundan oldingi, oltinchisida bir o‘limdan qolgani haqida yozgandik. Qolaversa, uning o‘pkasiga ham klapan o‘rnatilgan — haqiqiy Terminator.
Yuragidagi aorta klapani yomon ishlashi Shvarsenegger hali 30 yoshdaligi payti aniqlangan. Aktyorning ta’kidlashicha, bu nasliy kasallik. Shunga qaramay, sport, kino, siyosatda erishgan yutuqlariga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter