Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arnold Shvarsenegger Germaniyada to‘xtatib qolindi

Arnold Shvarsenegger Germaniyada to‘xtatib qolindi

Taniqli aktyor, Kaliforniya shtati sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger Myunxen aeroportida qimmatbaho Shveysariya Audemars Piguet soati tufayli ushlandi.

Aktyor aeroportdagi politsiya bo‘limida bir necha soat vaqt o‘tkazdi, u yerda soatni kim oshdi savdosida sotmoqchi ekanligini tushuntirdi, deb yozadi Bild nashri.

Shvarsenegger Myunxendan Butunjahon iqlim sammiti bo‘lib o‘tayotgan Avstriyaning Kitsbyuel shahriga borishni rejalashtirgan.

Myunxen Bosh bojxona boshqarmasi matbuot kotibi Tomas Maysterning aytishicha, aktyor soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun tergov qilinmoqda. Soat import tovar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak edi, deya tushuntirdi u.

Audemars Piguet soatlarining o‘rtacha narxi 50 ming dollarni tashkil etadi, ba’zi modellarning narxi bir necha yuz ming dollargacha yetishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring