Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telefonsiz va musiqasiz «sokin yurish»lar urfga kirayapti(mi?)

Telefonsiz va musiqasiz «sokin yurish»lar urfga kirayapti(mi?)

foto: internet, ochiq manba

Keyingi paytlarda xorijda, ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez «sokin yurish»lar trendga chiqdi va bu ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.    

Xo‘p bu  «sokin yurish»lar nima uchun internet foydalanuvchilari tomonidan muhokama qilinmoqda. Bu aslida oddiy sayrga o‘xshaydi, lekin bitta muhim farq bor – piyoda yurgan odam uni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan barcha gadjetlarni uyda qoldirishi kerak. Ya’ni, telefonsiz, quloqchinlarsiz va hech qanday musiqa eshitmasdan sayr qilish. Chunki bunday sayrni unutganimizga ancha bo‘ldi. Bunday sokinlikdagi sayrdan maqsad bizni tabiiy muhitda o‘rab turgan tovushlarni tinglashimiz kerak, xoh u park yoki hatto tinch bo‘lmagan shahar ko‘chasi bo‘lsin. Qachon shunday sayrni amalga oshirganingizni bir eslab qo‘ring-chi.

Axir sokin yurishlar ruhiy salomatlikni yaxshilashga yordam beradi, o‘zingiz va atrofingizdagi dunyo o‘rtasidagi aloqa haqida xabardorlikni oshiradi.

Ushbu trend haqida fikrlar ikkiga bo‘lingan. Ba’zi odamlar  haqiqatan ham «sokin yurish» foydali deb da’vo qilishsa, boshqalari naushniklarda sevimli musiqasi bo‘lmasa, ular albatta tushkunlikka tushishi mumkinligini iddao qilishmoqda. Keksa avlod vakillari esa bu yangi moda emasligini kinoya bilan ta’qidlashmoqda. Taxminan 20-30 yil oldin hamma shunday yurgan va bu odatiy hol edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring