Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TBC Bank O‘zbekistonda birinchi bor havoni tozalash xususiyatiga ega bo‘lgan devoriy tasvirni taqdim etdi

TBC Bank O‘zbekistonda birinchi bor havoni tozalash xususiyatiga ega bo‘lgan devoriy tasvirni taqdim etdi

Foto: Maqsad Jangirov

Toshkentning Sergeli tumanida mahalliy rassom Nadejda Riksiyeva TBC Bank bilan hamkorlikda yaratgan noyob devoriy rasm paydo bo‘ldi. Ushbu san’at asari shaharning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish bilan birga, innovatsion Airlite bo‘yoqlari yordamida havoni ham tozalaydi.

Ushbu texnologiya shaharlardagi havoning ifloslanishiga qarshi kurashda eng istiqbolli yechimlardan biri sifatida BMT tomonidan tan olingan bo‘lib, bir qator xalqaro loyihalarda o‘z samaradorligini isbotlagan va endilikda ilk bor O‘zbekistonda qo‘llanilmoqda.

Mural uchun joy tasodifiy tanlanmagan: Sergeli tumani — Toshkentning eng jadal rivojlanayotgan, aholi zich joylashgan hududlaridan biri bo‘lib, loyihaning ko‘plab insonlarni qamrab olib, ularni ilhomlantirishiga imkon yaratadi.

Bo‘yoqning ta’siri xuddi momaqaldiroqdan keyin havoning manfiy zaryadlangan ionlar bilan tozalanishi yoki o‘simliklarning havodagi karbonat angidridni yutib, kislorod ajratib chiqaruvchi fotosintez kabi tabiiy jarayonga asoslangan. Quyosh nuri ta’sirida bo‘yoq havodagi ifloslangan zarralar, ya’ni azot oksidlarini zararsizlantiradi va xuddi shunday maydonga ega yashil hudud kabi zararli chiqindilar darajasini samarali ravishda kamaytiradi. 250 m² lik qoplama kuniga 50 ta avtomobildan chiqadigan zararli moddalarni neytrallay oladi.

Nodira Shermatova, TBC Uzbekistan marketing direktori:

«Yangi mural san’at va texnologiyaning uyg‘unligi orqali shahar muhitini yaxshilashga qaratilgan zamonaviy shaharsozlik yondashuvini ifodalaydi. Biz nafaqat moliyaviy innovatsiyalarni joriy etishga, balki mijozlarimiz yashaydigan shaharlarning barqaror rivojlanishiga ham hissa qo‘shishga harakat qilamiz. Shuningdek, biz san’at rivojiga e’tibor qaratib, iste’dodli o‘zbekistonlik rassomni qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz. Ushbu loyiha korporativ ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarimizni va ijobiy o‘zgarishlarga intilishimizni o‘zida aks ettiradi».

Mural taqdimoti bilan birga, TBC Bank aholining atrof-muhitga ongli munosabatini shakllantirishga ilhomlantiruvchi ma’rifiy loyihani ham boshladi. mural.tbcbank.uz saytida ekologik tashabbuslarning taqvimi jamlangan bo‘lib, u volontyorlik va jamoat harakatlarida ishtirok etishni istagan barcha uchun ochiq.

Ushbu taqvim dasturida daraxt ekish aksiyalari, toza texnologiyalar bo‘yicha yechimlar ishlab chiqish uchun xakaton, plogging, fototanlovlar va boshqa tadbirlar o‘rin olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring