TBC bank guruhi O‘zbekistonda o‘z operatsiyalarini boshladi
«Payme» aksiyalarini sotib olgan TBC banki O‘zbekistonga kirib kelgani haqida avval xabar berilgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, TBC aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekistonda ilk bank operatsiyalarini boshlagan. Boshlang‘ich bosqichda xizmatlar sinov tarzida taqdim qilinadi.
O‘z strategiyasi va raqamli texnologiyalardan foydalanish ustuvorligiga muvofiq, TBC mijozlarga asosan bir xil nomga ega raqamli bankning «Space» onlayn-platformasi orqali xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, mijozlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish yangilangan keyingi avlod jismoniy bo‘limlar orqali tashkil etiladi. Ushbu turdagi birinchi sinov bo‘limi 2020 yil 26 iyun kuni ochildi. Bunk yanada kengroq doirada 2020 yilning avgust oyidan xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Joriy yilda TBC o‘z mijozlariga quyidagi mahsulotlarni taqdim qiladi:
- Joriy va omonat hisobvaraqlar;
- Onlayn mikroqarzlar va maoshga asoslangan kreditlar;
- Bank kartalari, pul o‘tkazmalari hamda kommunal va boshqa to‘lovlar, boshqa operatsiyalar;
- Maqsadli mikroqarzlar.
TBC bank guruhi haqida
Ochiq aksiyadorlik jamiyati 2016 yilda Angliya va Uelsda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 2016 yil 10 avgustda TBC PLC jamiyati TBC Bank («TBC Bank») OAJ nazorat qiluvchi kompaniyaga aylandi. TBC PLC aksiyalari London fond birjasida TBCG belgisi ostida kotirovka qilinadi va FTSE 250 Index ro‘yxatiga kiradi.
TBC Bank o‘z filiallari va shu’ba kompaniyalari bilan birga Gruziyada yetakchi universal bank guruhi hisoblanadi. Gruziya Milliy bankining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 31 mart holatiga, kreditlar bozorida TBC ulushi 39,4 foizni, nobank depozitlari bozorida ulushi esa 39,8 foizni tashkil qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter