Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Payme» aksiyalarini sotib olgan Gruziya banki O‘zbekistonga kirib keldi

«Payme» aksiyalarini sotib olgan Gruziya banki O‘zbekistonga kirib keldi

Foto: Sputnik

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 11-apreldagi qaroriga muvofiq, «TBC Bank» aksiyadorlik tijorat bankiga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi.

Ma’lum bo‘lishicha: O‘zbekistonda ochilayotgan bank «TBC Bank» (Gruziya)ning sho‘’basi hisoblanadi. «TBC Bank» (Gruziya) 1992-yilda tashkil etilgan. Bir necha yil davomida (2012–2015) bank internet-banking bo‘yicha Markaziy va Sharqiy Yevropaning eng yaxshi banklardan biri sifatida e’tirof etilgan.

Darvoqe, «TBC Bank» bundan roppa-rosa bir yil avval O‘zbekistondagi eng yirik to‘lov operatorlaridan biri – «Payme» tizimining 51 foiz aksiyalarini sotib olgandi. Shartnoma qiymati 5,5 million dollarni tashkil etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring