«Taxtaqoracha» dovoni tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida yopildi
13-dekabr kuni soat 14:00 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining «Taxtaqoracha» dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.
Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Buning asosiy sababi M-39 avtomobil yo‘lining dovon qismida tinimsiz yoqqan qor oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar xosil bo‘lganligidir.
Ayni daqiqalarda FVV tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf yetish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirda «Taxtaqoracha» dovonini qayta ochilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter