TATU huzurida texnikumlar ochiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga o‘rta bo‘g‘in mutaxassislar va ishchi kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash uchun texnikumlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.
Unga ko‘ra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining huzurida faoliyatni 2021-2022 o‘quv yilidan boshlovchi yangi texnikumlar ochiladi.
Qayd etilishicha, texnikumlarda kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3 yoki 4-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan, «Hayot davomida ta’lim olish» prinsipi asosida kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo‘lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, texnikumlarni muvafaqqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter