O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Buyuk Britaniyaning yangi elchisini qabul qildi
28-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Timoti Torlotni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligini yanada rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama munosabatlarning dinamik xarakteri va O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining 9-12-iyul kunlari London shahriga qilgan tashrifining samarali yakunlari mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter