Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tashkent city»da yer narxi qancha ekani ma’lum bo‘ldi

«Tashkent city»da yer narxi qancha ekani ma’lum bo‘ldi

Foto: «Uza.uz»

«Tashkent city» xalqaro ishbilarmonlik markazida Toshkent shahar hokimi tomonidan matbuot anjumani hamda press-tur tashkil etilgani haqida xabar bergandik.

Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, «Tashkent City» kabi yirik miqyosli loyihani o‘z qo‘liga olishga qodir kompaniya O‘zbekistonda shu vaqtgacha bo‘lmagan. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

«Tashkent City rahbari bo‘lgan vaqtim (hokim v.b. etib tayinlanguniga qadar — tahr.) davlat rahbari taklifi bilan men qurilishni uch yil ichida tamomlashim kerak edi. Men 700 investor bilan uchrashdim. Birortasi ham rozi bo‘lmadi, chunki bu joy jozibador ko‘rinmadi. Birorta ham kompaniya bu loyihani uch yilda amalga oshirish mumkinligiga ishonmadi», — dedi u.

Shu munosabat bilan Jahongir Ortiqxo‘jayev milliy kompaniyalarga murojaat qildi. «Keyin men o‘zim bilgan yirik kompaniyalarga — Murad Buildings (4-lot), Real House (2- lot) murojaat qildim. Bu joyning jozibadorligini tushuntirdim. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, ular rozi bo‘lishdi. Men O‘zbekistonda bu kabi mard kompaniyalar ko‘proq bo‘lishini istardim», — dedi u.

Hokim «Tashkent City» loyihasining barcha ishtirokchilari uchun bir xil shartlar taklif etilganini ta’kidlagan.

«Boshqa investorlarga kelsak, mahalliy kompaniyalardan «Family Group» bor. Uchta milliy bank bor. Tan olaman, banklar ham avvaliga ishonishmadi. Men banklarga bordim, boshqaruv bilan gaplashdim, istiqbollarni tushuntirdim. Yakunda uylar buzilib, odamlar ko‘chishni, binolar qurilishi boshlanganidan keyin banklar ham joy olishni boshladi. Biroq barcha ishtirokchilar uchun shartlar bir xil: 1 sotix — 20 ming dollar yoki bir gektar — 2 mln dollar. Barcha uchun bir xil summa», — dedi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring