Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tashkent city» veb-sayti ishlab chiqildi

«Tashkent city» veb-sayti ishlab chiqildi

Foto: «Ima.uz»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mutaxassislari tomonidan «Tashkent city» veb-sayti ishlab chiqildi. Bu haqda intellektual mulk agentligi xabar berdi.

Dastur Toshkent shahridagi madaniy yodgorliklar, xususan mehmonxonalar, restoranlar, istirohat bog‘lari, attraksionlar, masjidlar, metro bekatlari va mashhur xiyobonlar haqida axborot berish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, sayt orqali Toshkent shahrida ro‘y bergan so‘nggi yangiliklar haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish bo‘yicha Davlat qo‘mitasi, turistik kompaniyalarda qo‘llanilishi mumkin.

Mualliflar — Qasimova Shoista va Munavvarov Abdulloxon ushbu dasturlari uchun O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining «DGU 05077» raqamli guvohnomasiga ega bo‘lishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring