Tanzaniyada samolyot qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 14 kishi bedarak yo‘qolgan
Tanzaniyaning Precision Air aviakompaniyasiga qarashli ATR 42-500 turbovintli samolyoti Viktoriya ko‘liga qulab tushdi. Bu haqda mahalliy Citizen gazetasi xabar berdi.
Oqibatda uch kishi — ikki erkak, bir ayol halok bo‘lgan.
Samolyot bortida jami 43 kishi bo‘lgan, shundan 26 nafari qutqarilgan, qolgan 14 nafari qidirilmoqda.
Tanzaniya poytaxti Dorussalomdan Bukoba shahriga bugun, yakshanba kuni parvoz qilgan samolyot Viktoriya ko‘liga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan. Halokatga parvoz hududidagi noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter