Amerikalik sportchi iti tufayli bir o‘limdan qoldi

30 yanvar kuni Vashingtonda yo‘lovchi samolyot harbiy vertolyot bilan to‘qnashib ketgan va daryoga qulagandi.
Samolyotda 4 nafar ekipaj a’zosi, 60 nafar yo‘lovchi, xususan ular orasida bir necha figurali uchuvchilar bor edi. Ularning barchasi halok bo‘lgani aytildi.
Ma’lum bo‘lishicha, bir sportchini o‘z iti bu reysdan olib qolgan.
26 yanvar kuni AQShda figurali uchish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Turnir yakunlanganidan so‘ng, ayrim sportchilar qaytayotgan samolyotda halokatga uchradi. Samolyot Vashington yaqinida qulab tushdi. Baxtli tasodif tufayli figurali uchuvchi Jon Maravilla ushbu samolyotga chiqa olmadi. Uning aeroportdan ortga qaytishiga iti sababchi bo‘ldi.
«Ro‘yxatdan o‘tish joyida xodim menga itimning vazni og‘ir ekanini aytdi, garchi bu bizning qaytish reysimiz bo‘lsa ham. Shu sababli biz avtomobilda qaytishga qaror qildik», deydi sportchi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev fojiali aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan AQSh prezidenti Donald Trampga ta’ziya maktubi yo‘llagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter