Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli endokrinolog Nazira Salohova vafot etdi

Taniqli endokrinolog Nazira Salohova vafot etdi

Uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng endokrinolog, professor, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ning O‘zbekistondan endokrinologiya bo‘yicha birinchi koordinatori, Xalqaro diabetologlar federatsiyasining (IDF) doimiy a’zosi, Markaziy Osiyo Diabetologlar assotsiatsiyasining birinchi prezidenti Nazira Salohova 77 yoshida vafot etdi.

Nazira Salohova 1943-yilda Samarqand shahrida davlat xizmatchilari oilasida tug‘ilgan. I.M.Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universitetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. Kasbiy faoliyatini Toshkent shahridagi O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo institutida katta ilmiy xodim sifatida boshlagan.

Keyinchalik Toshkent tibbiyot institutining endokrinologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. Tibbiyot fanlari doktori, professor Nazira Salohova tibbiyot fanlari nomzodi va doktori bo‘lgan ko‘plab ilmiy kadrlarni tayyorlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring