Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli din xodimi «Vaqf» va masjidlardagi hujjat ishlari haqida gapirdi

Taniqli din xodimi «Vaqf» va masjidlardagi hujjat ishlari haqida gapirdi

Shermurod Tog‘ay

Taniqli din xodimi Shermurod Tog‘ay O‘zbekiston musulmonlari idorasi  huzuridagi «Vaqf» jamoat fondi Vasiylik kengashi a’zoligiga saylandi. Bu haqda domlaning o‘zi ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.

Shuningdek, «qariyb qirq yildan ziyod vaqt maboynida juda ko‘p voqealarni boshi»dan o‘tkazgani, «bir necha marta o‘tkazilgan taftishlarda ishtirok etgani uchun so‘roqlarga tutilib», arzimas narsalar uchun oylab tergov bergani, qarigan chog‘ida kimlarningdir xatosi uchun yuzi shuvit bo‘lishligini xohlamasligi,  agar qonundan tashqari biror ish qilinsa, aslo imzo chekmasligi hamda fond faoliyatiga  «halol va shaffofolik bo‘lsagina» vasiylik kengashi a’zoligiga rozi bo‘lishganini ham ta’kidlaydi.

Shermurod Tog‘ay fikrini davom ettirib, yana shunday deydi: «... «Vaqf» nizomi xuddi masjidlarning nizomiga o‘xshaydi. Masjidning hay’at a’zolari bor: imom-xatib har uch oyda hay’at a’zolariga hisobot berishi va rejalar tasdiqlashlanishi kerak. Ammo hay’at to‘qson foiz masjidlarda  (masjid hay’ati) ishlamaydi. Biror masjidga imom-xatib, noibi imom (o‘rinbosar) tayinlansa (yoki) bo‘shatilsa,  uni masjidning 100 kishilik tashabbuskor (guruhi) tasdiqlashi kerak. Aks holda, buyruq qonuniy hisoblanmaydi...   Ammo (bu tartib)  umuman ishlamaydi...

«VAQF» ning vasiylik  (kengashi) to‘g‘risidagi (ma’yoriy hujjatlar) naqadar amalda bajariladi ­­— buni kuzatib boramiz. Sizlarga qilinadigan ishlar to‘g‘risida, ma’lumotlar berib boramiz. Zero, odamlar «VAQF» deganda yulg‘ichlarni tushunmasin. Halollik va shaffoflik bilan ish yuritishga harakat qilamiz. Ishqilib, yemagan somsaga pul to‘lab, yomon otliq bo‘lmasak bo‘ldi. «VAQF» ishlaridan maqsad pul yuvish bo‘lmasa bo‘ldi. Bizga  (qo‘yib bersa) bironta  qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaymiz», deydi sobiq imom-xatib.

Pirovardida, Sh.Tog‘ay fond tomonidan ancha xayrli ishlar amalga oshirilgani va oshirilayotganini ham qayd etib, «...Siz esa vasiylikka kimlar haqdorligi to‘g‘risida maktublaringizni yo‘llang. Allohning dargohlarida yulg‘ichlik bo‘lmasdan sof ishlarimiz bilan yuzlarimiz yorug‘ bo‘lsin!» — deya duo qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring