Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

60 mingdan ziyod aholi quvonchining cheki yo‘q!

60 mingdan ziyod aholi quvonchining cheki yo‘q!

Videodan kadrlar

Vaqf xayriya jamoat fondi «Obi hayot» aksiyasi doirasida, homiylar hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining olis tumanlaridagi, ichimlik suvi tanqis bo‘lgan qishloq va ovullarda 71 ta toza ichimlik suvi artezianlarini qazib chiqarib, aholiga taqdim etdi.

Natijada, ushbu hududlarda istiqomat qilayotgan 60 mingdan ziyod aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Eslatib o‘tamiz, VAQF fondi tomonidan joriy yilning mart oyi davomida 21 ta artezianlar chiqarilib fuqarolarga topshirilgan edi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: «Kim suv bor joyga suv chiqarsa, bir jonni ozod qilgandek bo‘ladi, kim suv yo‘q joyga suv chiqarsa, bir jonni tiriltirgandek bo‘ladi» (Ibn Asokir rivoyati).

Mazkur xayrli ishlarga hissa qo‘yganlarni Alloh mukofotlasin!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring