Tamaki mahsulotlariga ayanchli kasalliklar tasviri tushiriladi
Hukumat qarori bilan Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda tamaki mahsulotlari iste’mol qadog‘iga tamaki mahsuloti iste’moli oqibatida sog‘liqqa yetadigan zarar tasviri joylashtiriladi.
Shuningdek, qaror bilan tamaki mahsulotlarining iste’mol qadoqlariga joylashtiriladigan tasvir-ogohlantirishlar namunasi tasdiqlandi.
Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter