Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyo bo‘ylab bolalar notanish virus bilan ommaviy kasallana boshladi

Dunyo bo‘ylab bolalar notanish virus bilan ommaviy kasallana boshladi

Foto: RenTV

AQSh, Buyuk Britaniya, Shveysariya va Yaponiya shifokorlari butun dunyo bo‘ylab bolalar nafas olish yo‘llari kasalliklarini keltirib chiqaradigan notanish respirator sinditsial virusi (RSV) bilan ommaviy ravishda kasallana boshlaganini xabar qilishdi. Bu haqda BBCga asoslanib  Lenta.ru ma’lum qilmoqda.

Qo‘shma Shtatlardagi Nyu-York kasalxonasining bolalar yuqumli kasalliklari bo‘limi boshlig‘i Rabiya Aganing so‘zlariga ko‘ra, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalarni yangi virus bilan kasallanish holatlari aprel oyidan boshlab aniqlangan. Shundan so‘ng shifoxonadagi jonlantirish bo‘limlari kasallar bilan to‘lib toshgan.

Olimlarning fikricha, koronavirus pandemiyasi RSV tarqalishiga ta’sir ko‘rsatgan va karantin choralari tufayli bolalarda virusga qarshi immunitet shakllanmay qolgan.

Kasallikning ko‘payishi koronavirusga qarshi chora-tadbirlar yumshatilgandan keyin sodir bo‘lgan. AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlarining ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik ko‘pchilik bolalarda yo‘tal, shamollash va burun bitishi belgilari bilan kechmoqda. Ammo ba’zilarida bronxiolit, o‘pkaning pastki qismida yallig‘lanish paydo bo‘lishi kabi asoratlar kuzatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring