Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalarni ijaraga qo‘yishda daromad solig‘ini olmaslik taklif etildi

Talabalarni ijaraga qo‘yishda daromad solig‘ini olmaslik taklif etildi

Foto: Xabar.uz

Moliya vazirligi «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

Unga muvofiq, kodeksning 378-moddasida nazarda tutilgan soliq solinmaydigan daromad turlariga qo‘shimcha ravishda soliq to‘lovchining uy-joylarini talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari ham kiritilmoqda.

Qolaversa, hujjat bilan Soliq kodeksining 421 moddasiga 5-band qo‘shish taklif qilinmoqda. Unda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar mulkidagi mol-mulk soliq solishdan ozod etilishi qayd qilingan. Mazkur imtiyoz yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga 18 yoshga to‘lgan yilda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ajratiladigan uy-joylar bo‘yicha ular 23 yoshga to‘lguniga qadar amal qiladi.

483-moddasida qayd etilgan vaqtinchalik soliq imtiyozlariga esa 2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektlari uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi BHMning 50 foizi miqdorida qo‘llanilishi kiritilmoqda.

Jamoatchilik muhokamalari 9 noyabrga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan talabalar ijara pulini bir qismini to‘lab berish yo‘lga qo‘yilishi belgilangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring