Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabadan 600 ming so‘m olgan dekan o‘rinbosari qo‘lga tushdi

Talabadan 600 ming so‘m olgan dekan o‘rinbosari qo‘lga tushdi

Foto: «OTV»

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat agrar universiteti dekan o‘rinbosari X.A. universitetning 2-bosqich talabasi A.dan uni yakuniy imtihonlarga kirishiga ruxsat berish evaziga 600 ming so‘m olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, X.A. muntazam ravishda dars soatlarini qoldirgan 11 nafar talabalarni imtihonlarga kirishlariga ruxsat berishi evaziga olgan jami 4,6 mln. so‘m pul mablag‘larini ixtiyoriy ravishda taqdim qilgan.

Mazkur holat yuzasidan X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring