«Tailanddagi 5-10 ming dollarlik ish»ning misi chiqdi
O‘zbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda Tailand hududida 5-10 ming AQSh dollari miqdorida ish taklif etish bo‘yicha yolg‘on e’lonlar tarqalmoqda.
Aldov qurboni bo‘lgan fuqarolar Tailand hududiga kelgach, noqonuniy tarzda qo‘shni davlatlar hududiga olib o‘tilmoqda, majburiy mehnat va odam savdosi qurboniga aylanish holatlari kuzatilmoqda, deyiladi konsulxona xabarida.
«Yurtdoshlarimizdan yolg‘on ma’lumotlarga ishonmasliklarini, oson ish takliflariga e’tibor bermaslik va ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘raymiz», deya yakunlanadi bayonot.
Agar siz shu kabi vaziyatga tushib qolsangiz, Bangkok shahridagi Bosh konsulxonaga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishingiz mumkin:
+6626753995, yoki +66842150202 (Telegram, WhatsApp).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter