Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorlik bo‘yicha jahon chempionati endi O‘zbekistonda!

Tadbirkorlik bo‘yicha jahon chempionati endi O‘zbekistonda!

Foto: IT-Park

IT-Park, The Global Educational & Leadership Foundation (tGELF, Hindiston) va O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi Entrepreneurship World Cup 2020 (EWC)  tanlovining milliy bosqichiga qabul e’lon qilmoqda.

Entrepreneurship World Cup 2020 (Tadbirkorlik bo‘yicha jahon chempionati) arizalar qabuli uchun ochildi. 2019 yilda ushbu tanlovda dunyoning 187 mamlakatidan 102 mingdan ziyod tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Joriy yilda EWC yanada yirik ko‘rinish oladi. Tanlov formati har qanday rivojlanish bosqichidagi startaplarni g‘oyaviy palladan boshlab faol o‘sish pallasiga qadar qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Tanlov ishtirokchilariga o‘z loyihalarini xalqaro darajada namoyish qilish imkoniyati beriladi. Eng yaxshi ishtirokchilarni 1 million AQSh dollari pul ekvivalenti miqdoridagi sovrin jamg‘armasi, shuningdek hamkorlardan 70 million AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi bonus va maxsus takliflar kutib turibdi.

EWC tanlovi – bu sovrinlar uchun kurashish va yetakchi ekspertlardan bilim olish, ishchi aloqalari doirasini kengaytirish, investitsiya jalb qilish va xalqaro bozorga kirish uchun ajoyib imkoniyat.

COVID-19 global pandemiyasi atrofida yuz berayotgan vaziyat tufayli tanlov sirtqi ko‘rinishda maxsus ishlab chiqilgan EWC platformasida o‘tkaziladi. Bu faqat ro‘yxatdan o‘tish va marosim o‘tkazish uchun portal emas. Platforma virtual treninglar, ta’lim materiallari va ekspert tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, har bir ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchi professional hamkor servislarning (Google Cloud, Amazon Web Services, Hubspot, Stripe va boshqalar) jami 25 ming dollarni tashkil qiluvchi onlayn obunalariga ega bo‘ladi.

Tanlov bosqichlari:

  • Startap loyihalar 9-avgustga qadar Entrepreneurship World Cup 2020 platformasida ro‘yxatdan o‘tadilar;
  • Tanlovning milliy bosqichi 2020-yilning sentyabr oyida onlayn ko‘rinishda bo‘lib o‘tadi.


Respublika bosqichi g‘oliblari o‘z loyihalari taqdimotlarini 2020-yilning 18–20-oktyabr kunlari xalqaro finalda namoyish qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tanlov haqida batafsil: https://entrepreneurshipworldcup.com/

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring