Qozog‘iston Olimpiadadan oldingi JChga mezbonlik qiladi
Xalqaro World Boxing federatsiyasi rasman Qozog‘istonning Astana shahrini 2027 yilgi Jahon chempionatining mezboni sifatida e’lon qildi.
Los-Anjeles-2028 Olimpiadasidan oldin o‘tkaziladigan ushbu dunyo birinchiligining ahamiyati boshqa yillardagi jahon chempionatidan yuqori hisoblanadi. Musobaqaning o‘tkazilish sanasi bo‘yicha keyinroq xabar beriladi.
Shu tarzda Qozog‘iston ikkinchi bor boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bundan avval JCh-2013 Almati shahrida o‘tkazilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter