Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tabiiy gazni hisoblash uskunasi kimning hisobidan o‘rnatiladi?

Tabiiy gazni hisoblash uskunasi kimning hisobidan o‘rnatiladi?

Foto: «Darakchi.uz»

«Gazni hisoblash uskunamiz, ya’ni schyotchigimiz eski. Hali yangilamaganmiz. Aytishlaricha, elektron hisoblagich o‘rnatish majburiy ekan. Lekin hozirda hisoblagichni almashtirish uchun imkonimiz yo‘q. Elektron hisoblagich o‘z hisobimizdan o‘rnatilishi to‘g‘rimi o‘zi?»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi qarorida maishiy iste’molchilarga tabiiy gazni hisoblash zamonaviy elektron uskunalarini xarid qilish, o‘rnatish va keyinchalik xizmat ko‘rsatish «O‘ztransgaz» aksionerlik jamiyatining shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi, keyinchalik gaz hisoblagichlari qiymatini iste’molchilar bir yil ichida to‘lashi zarurligi nazarda tutilgan edi. Sodda qilib aytganda, bu norma gaz hisoblagichni almashtirish iste’molchilar hisobidan amalga oshirilishini anglatadi.

Prezidentning 2017-yil 15-iyundagi qaroriga ko‘ra, ushbu normaga o‘zgartish kiritildi. Ya’ni, maishiy iste’molchilarga tabiiy gazni hisoblash zamonaviy uskunalarini xarid qilish, o‘rnatish va keyinchalik xizmat ko‘rsatish «O‘ztransgaz» aksionerlik jamiyatining shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilandi. Bu gaz hisoblagichlari yetkazib beruvchi tomonidan amalga oshirilishini anglatadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring