Tabiat bilan uyg‘unlikda: O‘zbekistonning tog‘li hududlarida «Global Wellness Day» nishonlandi
8 iyun kuni Toshkent viloyatidagi «Green Hills Resort» dam olish maskanida «Global Wellness Day»ning (Butunjahon salomatlik kuni) 13 yillik bayrami bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda BMTning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy koordinatori Sabina Mahl, Ekologiya vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Lola Rahmonboyeva, «Global Wellness Day» elchisi Nodira Korju, «O‘zReport» telekanali direktori Ravshanxon Jo‘rayev, «Green Hills Resort» direktori Sanjar Salixov, ekologiya faollari, sport muxlislari, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqalar ishtirok etdi.
Bu yilgi mavzu - #MagentaNature insoniyat va tabiiy dunyo o‘rtasidagi chuqur bog‘liqlikka, ma’naviy va jismoniy farovonlikka yaxlit yondashuvni ilgari surishga qaratilgan.
Tadbirda yoga va shuningdek, daraxtlarga mehr ko‘rsatishga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ishtirokchilar toza havo va go‘zal tabiat qo‘ynida sevimli mashg‘ulotlaridan bahramand bo‘lish imkoniga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, ovqatlanishni baholash, Tibet idishi bilan meditatsiya, kattalar va bolalar uchun sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha seminarlar, o‘yinlar va eko viktorinalar ham o‘tkazildi.
Iyun oyining ikkinchi shanbasida nishonlanadigan «Global Wellness Day» aholining sog‘lom va muvozanatli turmush tarzining ahamiyati haqida xabardorligini oshirishga qaratilgan. «Bir kun butun hayotingizni o‘zgartirishi mumkin» mavzusidagi tadbir butun dunyo bo‘ylab insonlarni ijobiy odatlarni qabul qilishga va ularning jismoniy, ruhiy va hissiy farovonligi haqida qayg‘urishga undaydi.
2023 yilda O‘zbekiston ushbu global salomatlik harakatiga qo‘shildi. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Green Hills Resort” dam olish maskanida bu yil ikkinchi marta “Global Velness Day” nishonlandi. Tadbir bosh hamkorlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Turizm qo‘mitasi bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter