Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istondagi tezkor tadbirda dorifurushlar ushlandi

Qoraqalpog‘istondagi tezkor tadbirda dorifurushlar ushlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Amudaryo, Qorao‘zak, Taxiatosh, Taxtako‘pir tumani bo‘limlari, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.

Unda fuqaro G.S. 360 dona, fuqaro K.M. 120 dona, fuqaro T.A. 4 quti hamda fuqarolar R.U. va A.K. 2 quti kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotgan vaqtida ushlanib, ulardan ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring