Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Suyultirilgan gaz 2,5 barobar, shakar esa 19 foizga arzonlagan» – birja xabarlari

«Suyultirilgan gaz 2,5 barobar, shakar esa 19 foizga arzonlagan» – birja xabarlari

2022-yilning 9 oylik yakunlariga ko‘ra birjada 75,2 mingta yangi mijozlar ro‘yxatdan o‘tkazildi va bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ikki marotabaga ko‘p. Birjaning barcha savdo platformalarida faoliyat yuritayotgan mijozlarning umumiy soni esa 200 ming nafardan oshdi.

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning boshidan buyon birjaning sement bozorida barqarorlik hukm surmoqda. O‘tgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha birjada shakllangan o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 606,0 ming so‘mdan 589,9 ming so‘mgacha, ya’ni 3 foizga pasaygan.

2022-yilning iyul-sentyabr oylarida suyultirilgan gazning birjadagi narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 10 056,8 ming so‘mdan 4 090,2 ming so‘mgacha, ya’ni qariyb 2,5 marotabaga tushgan.

Xuddi shunday, iyun-sentyabr oylarida shakarning birjadagi narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 14 554,5 ming so‘mdan 11 801,6 ming so‘mgacha, ya’ni 19 foizga arzonlashgan.

Shuningdek, so‘nggi ikki oy mobaynida birja kotirovkalari texnik oltingugurt bo‘yicha 60 foizga, polivinilxlorid – 19 foizga, neft va gaz kondensati – 17 foizga, mis – 16 foizga, bug‘doy – 15 foizga va oltin – 6 foizga pasaygan.

Bundan tashqari, joriy yil may oyidan un va g‘alla mahsulotlarini ochiq birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotilib kelinmoqda. O‘tgan davrda birja savdolari orqali jami 1,0 mln tonnadan ziyod un va bug‘doy mahsulotlari sotildi.

So‘nggi kunlarda o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra unning o‘rtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 4 818,3 ming so‘m, bug‘doy uchun birja kotirovkasi esa mahsulotning bir tonnasi uchun 3 530,9 ming so‘mni tashkil etdi. Bunda bozorlarda taklif darajasi yetarli bo‘lganligi sababli birjada shakllangan narxlar ushbu mahsulotlarning boshlang‘ich narxlariga nisbatan o‘rtacha 1 foizga o‘sgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring