Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Suvta’minot»ga ham yangi rahbar tayinlandi

«Suvta’minot»ga ham yangi rahbar tayinlandi

Joriy yil 11 iyulda bo‘lib o‘tgan Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda qator tashkilotlar rahbarlari qatorida «Suvta’minot» korxonasining sobiq rahbari S.Saifnazarov ham ishdan olingan edi.

Davlat rahbarining tanqid qilishicha, «suv xo‘jaligi sohasida yil yakuniga qadar 16 ta yirik nasos stansiyasini xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va energiya samaradorligini kamida 50 foizga oshirish doirasida sohaga 1 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritilishi kerakligiga qaramay, u bu yo‘nalishda bironta o‘zgarish qilmagani» uchun lavozimidan olingan edi. 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023 yil 13 iyuldagi 98/09-3-qr-sonli qaroriga asosan Azimov Dilshod Sur’atovich «O‘zsuvta’minot» AJ Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘sha yig‘ilishda ishdan olingan «Temir yo‘l» sobiq rahbari X.Xosilov o‘rniga ham tayinlov amalga oshirilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring