Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suvaraklar quvildi. «Oqtepa lavash» rasman uzr so‘radi (video)

Suvaraklar quvildi. «Oqtepa lavash» rasman uzr so‘radi (video)

Kadr: «Youtube»

Kuni kecha tarqalib ketgan «Oqtepa lavash» shoxobchasidagi suvaraklar bilan bog‘liq videolavhadan keyin nafaqat bu tarmoq, balki umuman fast-fud tayyorlovchi barcha maskanlarga nisbatan e’tirozlar ko‘payib ketgan edi.

Saytimizda ham bu mavzu yuzasidan alohida maqola chop etgan edik. Bugun «Oqtepa lavash» rahbariyati va xodimlari alohida videolavha e’lon qilib, endilikda bunday holat qayta takrorlanmasligi uchun barcha choralar ko‘rilishini bildirganlar va butun jamoatchilikdan jamoaviy tarzda uzr so‘raganlar.

Ularning bu harakati zamonaviy tadbirkorlik, xatodan o‘z vaqtida xulosa chiqarish, uzr so‘rash kabi xususiyatlar yurtimizga ham jadal kirib kelayotganining dalolatidir.

Quyida e’lon qilingan videolavha bilan tanishishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring