Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oqtepa lavash» mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

«Oqtepa lavash» mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda ovqatdan ommaviy zaharlanish bo‘lgani va u «Oqtepa lavash» umumiy ovqatlanish shoxobchalarida tayyorlangan tovuqli sendvichni iste’moli bilan bog‘langani haqida avval xabar qilingandi.

Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

2019-yilning 4-7-iyun kunlari Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi jami 49 nafar fuqarolar «ovqatdan toksikoinfeksiya» tashxisi bilan O‘zbekiston Respublikasi SSV EMYuKITI, 2 va 5-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonalariga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvda, ushbu fuqarolar shifoxonaga murojaat qilishidan avval Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasi, Sergeli tumani, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi, 7b-uy hamda Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasi, 21-uyda joylashgan «Oqtepa lavash» («Grand Azia Plus» MChJ) umumovqatlanish tarmog‘ining uchta shoxobchalarida tez tayyorlanuvchi taomlarni («sendvich», «lavash» va «pitssa») iste’mol qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 07.06.2019-yilda Toshkent shahar prokurori tomonidan «Grand Azia Plus» MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring