Toshkentda ovqatdan ommaviy zaharlanish, Qirg‘izistondagi mojaro, Fransiyani yutmoqchi bo‘lgan Kuper va 6 iyun kunining boshqa yangiliklari
Bugun yurtimiz va jahonda o‘ziga voqealarga boy kun bo‘ldi. «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali ushbu kunda O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tadi.
Shuningdek, e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.
So‘nggi yangiliklar
«Oqtepa lavash» ommaviy zaharlanish borasida javobgarlikni zimmasiga oldi
Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi
Jamiyat
Toshkentda ovqatdan ommaviy zaxarlanish «Oqtepa lavash» bilan bog‘lanmoqda
Toshkentda ovqatdan ommaviy zaharlanish bo‘lgani va u «Oqtepa lavash» umumiy ovqatlanish shahobchalarida tayyorlangan tovuqli sendvichni iste’moli bilan bog‘langani haqida xabar qilgandik.
Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi va «Oqtepa lavash» ma’muriyati bayonot berdi.
Xorij
Qirg‘izistonda qirg‘izlar va turklar o‘rtasida janjal chiqdi. To‘liq sharh
Qirg‘izistonning Chuy viloyati, Sokuluv tumanidagi Orok qishlog‘ida qirg‘izlar va turklar o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Natijada uylarga va mashinalarga zarar yetkazilgan. Bu haqda Qirg‘izistondagi bir qator nashrlar xabar tarqatdi.
Sport
Ektor Kuper: «Biz Fransiyaga qarshi o‘ynashimiz va hatto yutishimiz mumkin edi»
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper KXDRga qarshi kechadigan o‘rtoqlik o‘yini oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.
Biz hatto Argentina bilan o‘ynashimiz mumkin edi. Nimaga o‘ynamasligimiz kerak? Shuningdek Dide Desham bilan ham aloqam juda yaxshi. Shunday ekan, Fransiya terma jamoasi bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishimiz mumkin bo‘lardi. Hatto yutishimiz ham mumkin edi. Nima uchun yutmasligimiz kerak? Ammo biz biror loyiha gapirar ekanmiz, vaziyatga real qarashimiz lozim,-dedi Kuper.
Tavsiya qilamiz
Rus tilini bilmaydigan bolani rus sinflariga berish kerakmi?
Chirchiq daryosi bo‘yida «Yangi Toshkent» qurilishi mumkin (video)
Toshkent shahar hokimligi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter