Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda YPX inspektorlari tarvuz o‘g‘irlagani aytilgan videoga izoh berildi

Surxondaryoda YPX inspektorlari tarvuz o‘g‘irlagani aytilgan videoga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «YPX inspektorlari tarvuz o‘g‘irladi» sarlavhasi ostida video tarqaldi. Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, tarqalgan video lavha 2023 yilning 19 iyul kuni soat 19:30 larda Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumani «Boymoqli» mahallasi hududida xizmat olib borayotgan yo‘l patrul xizmati inspektorlari hamda huquqbuzarlik sodir etib IIO xodimlarining qonuniy talabini bajarishdan bo‘yin tovlab, o‘zining tanishlari bilan xodimlarga nisbatan qarshilik ko‘rsatayotgan bir guruh fuqarolar o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Holatga aloqasi bo‘lmasada shu atrofda turib xodimlarni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilib, hozirda holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring