Surxondaryoda yana yer qimirladi
O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan bugun, 23 noyabr kuni soat 14:36 da (23.11.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 09:36da) zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Epitsentr: Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani. Zilzila koordinatalari: 37,76 gradus shimoliy kenglik; 67,69 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 411 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Qumqo‘rg‘on tumanida 3 ball, 16 km.
Sho‘rchi tumanida 2-3 ball, 26 km.
Bandixon tumanida 2 ball, 31 km.
Jarqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 35 km.
Qiziriq tumanida 2 ball, 42 km.
Eslatib o‘tamiz, ushbu hududda bugun tongda ham yer silkingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter