Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda «Spark» tez yordam mashinasi qarshisiga chiqib keldi: haydovchi vafot etdi, yo‘lovchi og‘ir ahvolda

Surxondaryoda «Spark» tez yordam mashinasi qarshisiga chiqib keldi: haydovchi vafot etdi, yo‘lovchi og‘ir ahvolda

28 yanvar kuni soat 04:10 larda Angor tumani M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining 1433-kilometrida tez yordam mashinasi va «Spark» o‘zaro to‘qnashdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, tez yordam mashinasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. «Spark» haydovchisi yo‘l qoidasini qo‘pol ravishda buzib, katta tezlikda qarama-qarshi yo‘nalishda kelgan va ayanchli to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda «Spark»ning 22 yoshli haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Uning tengdoshi bo‘lgan yo‘lovchi esa og‘ir ahvolda kasalxonaga olib ketilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring