Surxondaryoda poyezd va «Damas» to‘qnashib ketdi
Bugun, 11 fevral kuni soat 09:00lar atrofida Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
«Damas» rusumli transport vositasi haydovchisi R.A. harakatlanayotib, qalin tuman tushganligi sababli yo‘ldan chiqib ketgan va qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l ob’yektida poyezd bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada, «Damas» rusumli transport vositasi haydovchisi R.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter