Surxondaryoda «Nexia-3» yo‘lovchilari bilan yonib ketdi

Joriy yilning 14-aprel kuni Surxondaryo viloyati Angor tumanida fojiali YTH sodir bo‘ldi.
IIB ma’lumotiga ko‘ra, Angor—Jarqo‘rg‘on yo‘nalishida harakatlanayotgan «Nexia-3» haydovchisi harakatlanish chog‘ida boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi tomondan kelayotgan yana bir «Nexia-3» bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida avtotransport vositalarining birida yong‘in yuzaga kelgan.
Natijada, yo‘lovchilar — Q.R. (23 yoshli, erkak), A.Y. (23 yoshli, ayol) va haydovchi O. hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter