Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surunkali stress Alsgeymer kasalligiga olib kelishi mumkin

Surunkali stress Alsgeymer kasalligiga olib kelishi mumkin

Foto: «Scientificrussia.ru»

Surunkali stress Alsgeymer kasalligining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Avstraliyaning Kertin universiteti Tibbiy innovatsiyalar instituti olimlari neyrodegeneratsiyaga ta’sir qiluvchi asosiy genetik stress omillarini aniqlab berishgach shunday xulosaga kelishgan, deb yozadi Biological Reviews jurnali.

Tadqiqotchilar gipotalamus-gipofiz-buyrak usti o‘qi (HPA o‘qi)ga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ekologik va genetik omillarni ko‘rib chiqishgan. Ushbu neyroendokrin tizim ovqat hazm qilish, immunitet, kayfiyat, energiyani tartibga soladi va stressga reaksiyalarni boshqaradi.

Stress paytida gipotalamus-gipofiz tizimi kortizol gormoni ishlab chiqarilishini tartibga soladi. Alsgeymer kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda tizim ko‘pincha noto‘g‘ri ishlaydi va kortizol darajasi oshadi.

Genetik stresslar miya immun tizimining ishiga ta’sir qilishi mumkin. Buzilish muntazam ravishda qayd etilsa, demensiya va Alsgeymer kasalligi kelib chiqish xavfi ortadi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, ushbu xulosalar xavfli kasallik rivojlanish xavfini kamaytirishda stressni boshqarish uchun glyukokortikoidlarni qabul qilish bo‘yicha yangi tavsiyalar ishlab chiqishga yordam beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring