Suriyadagi zilziladan 3 oy o‘tib vayronalar ostidan rostdan tirik odam chiqdimi?
Ozg‘in va holsiz suriyalik erkakning surati «Akhbar.fouri» portalida qanday paydo bo‘lib qoldi? Livanning «An Nahar» gazetasi bunga aniqlik kiritdi, ya’ni 6 fevraldagi zilziladan uch oydan ko‘proq vaqt o‘tib, Suriya – Turkiya chegarasi yaqinidagi vayronalar ostidan tirik odam topilgani haqidagi xabarni rad etdi.
Suratda Idlib viloyatidagi Xon Shayxun shahrida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan Ahmad al-Susiy tasvirlangan. Uning amakivachchasi suratni portalga berishidan maqsad to‘shakka mixlanib qolgan Susiyga odamlar e’tiborini qaratib, davolanishi uchun pul yig‘moqchi bo‘lgan.
«An Nahar» gazetasi bemorning akasi bilan bog‘landi va Ahmad as-Susi hozir Kfar Jelis qochqinlar lagerida istiqomat qilayotganini, uning ahvoli juda og‘ir ekanini aniqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Akhbar.fouri» nashri e’lon qilgan surat taxminan yetti yil avval olingan bo‘lib, ukasining tanasidagi yaralar psoriaz (yuqumli bo‘lmagan teri kasalligi) tufayli paydo bo‘lgan. Bemorning akasi gazetaga ukasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat va shu kunlardagi suratini jo‘natgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter