Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi
Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan Andijon viloyatida yashovchi shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Andijon viloyatida yashovchi, 1993 y.t. I.U. 2021-2022 yillarda Turkiyaning Istanbul shahrida ishlagan davrida Suriyadagi terroristik tashkilot yollovchilarining ta’siriga tushib, ularning safiga borib qo‘shilishni reja qiladi.
Shu maqsadda I.U. bir necha bor Suriyaga o‘tishga urinadi, lekin buni imkoni bo‘lmaydi. Ammo, navbatdagi urinish vaqtida u harbiylar tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilinadi.
Mazkur shaxs doimiy yashash manziliga qaytib kelganidan keyin ham ijtimoiy tarmoqlar orqali terroristik tashkilot a’zolari bilan aloqada bo‘ladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida I.U.ning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudining hukmiga ko‘ra I.U. Jinoyat Kodeksining 155/2 va 244/2-moddalari bilan aybdor deb topilib, 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter