Sud Atambayevni ikki jinoiy ish bo‘yicha oqladi
Bishkekning Pervomayskiy sudi Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni ikkita jinoiy ish bo‘yicha oqladi, deb yozdi 24.kg.
Atambayev Turkiya fuqarolariga pasport berishda qonun buzilishiga yo‘l qo‘yganlikda va Kalis-Ordo turarjoy mavzesida maktab qurilishida mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblangan edi.
Almazbek Atambayev 2011–2017-yillarda Qirg‘iziston prezidenti bo‘lgan. Keyinchalik, prezidentlik daxlsizligidan mahrum qilinganidan so‘ng, unga nisbatan bir nechta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi. 2019-yilning 7-8-avgust kunlari Qo‘ytosh qishlog‘ida yuz bergan tartibsizliklarda, korrupsiya va pul yuvish, shuningdek, 2020-yil oktyabr oyida Bishkekda ommaviy tartibsizliklar uyushtirishda ayblangan.
2020-yilning 23-iyunida Bishkek sudi Atambayevni, mol-mulkini musodara qilib, 11 yil-u ikki oyga ozodlikdan mahrum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter